O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga o‘quvchilarni saralab olish tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga o‘qishga nomzodlarni saralab olish va o‘rganish bilan bog‘liq barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi;

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga nomzodlarni saralab olish tadbirlari takomillashtiriladi;

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga o‘qishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (o‘quvchilarni) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi va tibbiy ko‘rik tadbirlari Davlat xavfsizlik xizmati va Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qaroriga asosan amalga oshiriladi.

 

O‘zA