Bugun Amerikaning Nyu-Gempshir shtatida respublikachilardan prezidentlikka nomzod ko‘rsatish bo‘yicha ilk saylov bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir respublikachilar partiyasi ichida kechayotgan poyganing kelgusi taqdiriga uzil-kesil nuqta qo‘yishi mumkin.

Shu kungacha respublikachilardan prezident bo‘lishga bel bog‘lagan o‘ndan ziyod nomzodlar poygani tark etishga majbur bo‘ldi. Bugungi bo‘ladigan saylovga faqat ikki nomzod –sobiq prezident Donald Tramp va mamlakatning BMTdagi sobiq doimiy vakili va Janubiy Karolina shtatining sobiq gubernatori Nikki Xeyli yetib keldi. Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, kechga borib ushbu ikki nomzoddan biri poygadan chiqishi mumkin, g‘olib bo‘lgan nomzod qolgan shtatlarda oson g‘alaba qiladi.