Mamlakatimizning yosh sablyachilari Ispaniyaning Segoviya shahrida o‘tkazilgan jahon kubogi bosqichida 3-o‘rinni egalladi.

Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon kubogi bosqichida yurtimiz sharafini “Xanchjou-2022” Osiyo o‘yinlari g‘oliblari Guliston Perdiboyeva hamda Fernanda Errera, o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori Nargiza Jaksiboyeva va Samira Shokirova himoya qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari chorak finalda xitoylik qilichbozlarni 45:19 hisobida mag‘lub etdi.

Murakkab kechgan yarim final bahsida esa AQSH terma jamoasiga 27:45 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bronza medali uchun o‘tgan bellashuvda hamyurtlarimiz Italiya jamoasini 45:41 hisobida dog‘da qoldirdi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA