Qozog‘iston prezidenti Qasыm-Jomart Toqayev 24-25-yanvar kunlari Olmaotaga tashrif buyurib, 23yanvarga o‘tar kechasi shahardagi zilziladan keyingi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi, deydi davlat rahbari matbuot kotibi Berik Uali.
“Prezident Qasыm-Jomart Toqayev 24—25-yanvar kunlari Olmaotaga oldindan rejalashtirilgan xizmat safari bilan boradi. Davlat rahbari bir qator ob’ektlar, jumladan, yanvar voqealaridan keyin ta’mirdan chiqarilgan binolarga tashrif buyuradi”, — deb yozgan matbuot kotibi ijtimoiy tarmoqlarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 6,7 magnitudali zilzila 22 yanvar dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasida, Olmaotadan 264 kilometr janubi-sharqda sodir bo‘lgan. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila seldan himoya qiluvchi inshootlarga ta’sir qilmagan, ko‘chki va qor ko‘chkilari haqida ma’lumot yo‘q. Olmaota aeroporti normal rejimda ishlamoqda.
Olmaota sog‘liqni saqlash departamenti zilzila qurbonlari soni 8 nafarga yetganini ma’lum qildi. Uch kishi turar-joy binolarining ikkinchi va uchinchi qavatlaridan sakragan, ulardan birining ahvoli og‘ir. Yana besh kishi uydan chiqib ketayotib yaralangan. Olmaota hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni qabul qilish markazlari tun bo‘yi ishlagan, maktab va kollej o‘quvchilari uchun darslar bekor qilingan.
O‘zA