O‘zbekiston — Xitoy: gidroenergetika sohasida istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqilmoqda

258

Shu kunlarda “O‘zbekgidroenergo” AJ delegatsiyasi xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida bo‘lib turibdi.

Mamlakatimiz gidroenergetikasini yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni xorijiy hamkor tashkilotlar bilan kelishish maqsadida qator uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginovning bir qator hamkor moliyaviy muassasalar hamda yirik energetik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Jamiyat axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda “O‘zbekgidroenergo” AJ, “China National Technical Import and Export Corporation (CNTIC)”, “Sinosure” sug‘urta kompaniyasi, “CITIC Bank” va “Eksimbank” rahbariyati ishtirok etdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida “Katta Andijon kanalida kichik GESlar kaskadi qurish”, Kugay-2 va Beshqo‘rg‘on GES loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha manfaatli muzokaralar o‘tkazdi.

Tadbirda loyihalar haqida batafsil ma’lumot berilib, so‘ngra ikki tomonlama moliyaviy, iqtisodiy, amaliy ijro yo‘nalishidagi shartlar ko‘rib chiqildi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA