O‘zbek milliy hunarmandchiligi Xitoyda namoyish etildi

Shu kunlarda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Shanxayda bo‘lib, shahar ma’muriyati delegatsiya ishtirokchilarini madaniy ob’ektlarni boshqarish, shahar rejalashtirilishi va qurilishi borasidagi tajribasi bilan tanishdi.
Shuningdek, Xitoy kompaniyalari bilan yashil texnologiyalar, aqlli shaharsozlik, transport, savdo sohalarida hamkorlikni o‘rnatish, investorlarni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan yirik loyihalarga jalb etish, mavjud va istiqbolli qo‘shma loyihalar ko‘lamini kengaytirish maqsadida XXRning biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.


Ushbu tadbirlar doirasida o‘zbek milliy hunarmandchiligi ko‘rgazmasi tashkil etildi. Toshkent – Shanxay shaharlari hamkorligining 30 yilligiga bag‘ishlangan konsert arafasida tashkil etilgan ko‘rgazma xitoyliklar hamda Xitoyda ko‘p yillar davomida istiqomat qilib kelayotgan yurtdoshlarimizda katta qiziqish uyg‘otdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA