“IRNA” axborot agentlgining ma’lum qilishicha, Eron prezidenti Ibrohim Raisi 21 yanvar yakshanba kuni O‘zbekistonning Tehrondagi yangi elchisi Fariddin Nasriyevning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Ushbu marosimda Eron yetakchisi Tehron va Toshkent o‘rtasida kechgan so‘nggi ikki yildagi munosabatlarni ijobiy baholadi.

Prezident ikki davlat yetakchilarining amalga oshirgan tashriflari, uchrashuv va muzokaralariga e’tibor qaratib, Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirish istagini ta’kidladi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA