Germaniyada temir yo‘l haydovchilari olti kunlik ish tashlash e’lon qilgan. Ish tashlashlar 24 yanvar kuni boshlanib, 29 yanvar kuni dushanba oqshomiga qadar davom etadi. Ularning asosiy talabi ish haftasini qisqartirishdir, deb xabar bermoqda «Dautsche Welle» nashri.
Yuk poyezdi mashinistlari esa ish tashlashni avvalroq, 23 yanvardan boshlab e’lon qilishi aytilgan.
«Germaniya temir yo‘l konserni o‘zining go‘yoki «takomillashtirilgan» taklifi bilan avvalgi yo‘nalishida davom etishini yana bir bor namoyish etdi, ya’ni, kelishuvga erishishdan asar ham yo‘q» – degan mahalliy namoyishchilardan biri.
Bugungi kunda “Deutsche Bahn” konserni bilan ittifoq tariflari bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilgan. Konsern bilan muzokaralarning to‘xtatilishiga haydovchilarning ish haftasini joriy 38 soatdan 35 soatgacha qisqartirishdan bosh tortganligi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Shunday bo‘lsada, “Deutsche Bahn” o‘zining yangi murosa taklifini taqdim etdi, u ish haqini saqlab qolgan holda ish vaqtini 2026 yildan boshlab haftasiga 37 soatgacha qisqartirish imkoniyatini taqdim etadi.
Esingizda bo‘lsa, avvalgi haydovchilarning ish tashlashi 10-12 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan edi. Shu ish tashlash paytida “Deutsche Bahn” favqulodda vaziyat jadvalini joriy qildi, bu esa shaharlararo poyezdlarning taxminan 80 foizini va mintaqaviy shaharlararo poyezdlar harakatining bekor qilinishiga olib kelgan edi.