Buxoro delegatsiyasi O‘zbekiston-Xitoy mintaqalararo forumida ishtirok etmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni, Urumchi shahrida ayni paytda O‘zbekiston-Xitoy mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ham tadbirkorlar forumida qatnashmoqda.

Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasidagi amaliy safar davomida Buxoro delegatsiyasi “Ishbilarmonlar hamkorligini kengaytirish va umumiy farovonlikni amalga oshirish” shiori ostida konferensiyada ishtirok etdi.

Maqsad Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish va hamkorlik qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, Buxoroda Xitoy kompaniyalarining ishlab chiqarish korxonalari va zavodlarini ishga tushirish kabi masalalarda kelishuvlarga erishishdir.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri