Bugun Estoniyadagi ko‘pgina maktab o‘qituvchilari ish haqlarini oshirishni talab qilib, ish tashlashni boshlashdi.

Estoniya milliy teleradiokompaniyasi ERR xabariga ko‘ra, namoyishchilar talabi o‘rta maktab o‘qituvchilari uchun eng kam oylik ish haqini 1950 yevro qilib belgilashdan iborat. Bu haqida “Anadolu” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ish tashlash tashkilotchilarining ta’kidlashicha, topshiriqlarning ko‘pligi va past ish haqi pedagogik kadrlar yetishmasligiga sabab bo‘lmoqda.

Ta’lim xodimlari kasaba uyushmasi ERRga 330 ta maktabdan 9471 nafar o‘qituvchi ish tashlashda qatnashganini aytdi.

24 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan katta namoyishga maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar maktablari va ta’lim muassasalari xodimlari ham qo‘shilish istagini bildirgan.

O‘zA