Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Choye Son Xui bilan uchrashganida tez orada Pxenyanga tashrif buyurishga tayyorligini bildirdi, deb xabar bermoqda Shimoliy Koreya davlat axborot agentligi ”KCNA”.
Bu Rossiya rahbarining yigirma yildan ortiq vaqt ichida Shimoliy Koreyaga ilk safari bo‘ladi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Rossiya prezidenti yaqin orada Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi, lekin uchrashuv sanasi hali ma’lum emas.
Choyening tashrifi chog‘ida Rossiya KXDRga Ukrainadagi harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlagani va birdamligi uchun minnatdorchilik bildirdi, deb yozmoqdq “KCNA”.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 2000 yilning iyul oyida Pxenyanga tashrif buyurib, Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir bilan uchrashgan edi.