O‘zbekiston TIV xabar berishicha, Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sun Veydun bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 23-25 yanvar kunlari Xitoyga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik jarayonini ko‘rib chiqdilar.