Bahrayn axborot agentligi – “BNA” sahifalarida Kampala shahrida (Uganda) bo‘lib o‘tayotgan Qo‘shilmaslik harakatining 19-sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid Az-Zayoniy  bilan uchrashgani yoritildi.

Maqolada muzokaralarda O‘zbekiston bilan ushbu davlat o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muqokama qilingani ta’kidlangan.

Turli daraja va shakllarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar va tashriflar jadvali yuzasidan fikr almashilgani e’tirof etilgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA