Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon kubogi bosqichida yakkalik bahslarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
“Paxtakor” qilichbozlik zalida o‘tayotgan mazkur musobaqaning shpagachi qizlar o‘rtasida kechgan yakkalik dasturida neytral maqomda ishtirok etgan Anastasiya Rustamova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, bolgariyalik Viktoriya Velislavova kumush, yana bir neytral sportchi Yekaterina Kolbeneva hamda misrlik Farah Mahfouz bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, bugun musobaqada jamoaviy bahslar ham o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA