Qatarda o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogining 2-turida Iordaniya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Shuningdek, ushbu turda Bahrayn terma jamoasi Malayziyaga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, “E” guruhida Iordaniya va Janubiy Koreya terma jamoalari 4 ochko jamg‘argan holda birinchi hamda ikkinchi o‘rindan joy egallagan bo‘lsa, Bahrayn 3 ochko bilan uchinchi o‘ringa chiqib oldi. Malayziya termasi esa ikki mag‘lubiyatdan keyin so‘nggi pog‘onada qoldi.

Bugun, 21 yanvar kuni “F” guruhida Ummon – Tailand, Qirg‘iz Respublikasi – Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasida o‘yinlar tashkil etiladi. Mazkur uchrashuvlardan keyin Osiyo kubogida 2-tur bahslari yakunlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA