Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
355

Senatning qirq to‘qqizinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosarini lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, davlatimiz rahbari Senatga Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilishi to‘g‘risida taqdimnoma kiritgan.
Ushbu masalani senatorlar bir ovozdan ma’qulladi va R.Mahmudova egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
O‘zA