Xusiylar Amerikaning “Chem Ranger” tankeriga ballistik raketa bilan zarba berishga urindi, deb xabar tarqatdi Pantagonning Markaziy qo‘mondonligi.
Xabarda ta’kidlanishicha, “Chem Ranger” tankeri AQSHga tegishli bo‘lib, Gretsiya tomonidan boshqariladi.
“Raketa kema yaqiniga kelib tushgan. Jarohatlanganlar yoki kemaning zarar ko‘rgani haqida ma’lumot yo‘q. Kema yo‘lida davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq xusiylar raketa Amerika kemasiga borib tekkani haqida ma’lum qilgandi.