AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili va prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun harakat qilayotgan respublikachilar partiyasidan Nikki Xeyli “CNN” telekanali efirida chiqish qilib, agar u prezidentlikka saylangudekbo‘lsa, Donald Tramp aybdor deb topilgan taqdirda, uni avf etishga va’da berdi.
“Bizga kerak bo‘lgan oxirgi narsa – qamoqda o‘tirgan 80 yoshli prezident”, dedi u Trampning afv etilishi ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan.
Xeylining ta’kidlashicha, Trampning ayblanishi va qamalishi mamlakatni yanada tarqoqlashtiradi.
Sobiq prezident Donald Trampga to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha jami 91 ta ayblov e’lon qilingan. Eng og‘ir modda 20 yillik qamoq jazosini ko‘zda tutadi. Agar jazolash barcha ayblovlarni jamlab belgilanadigan bo‘lsa, u bir necha yuz yilga panjara ortida o‘tirishga to‘g‘ri keladi.