Niderlandiyada davom etayotgan “Tata Steel Chess-2024” xalqaro turnirining “Masters” guruhidagi 14 nafar shaxmatchi ishtirokidagi o‘yinlarning 5-turida 2 ta g‘alaba, 5 ta durang natijalari qayd etildi.

Kecha o‘tkazilgan 5-tur uchrashuvida Nodirbek Abdusattorov xitoylik I Vey bilan kuch sinashdi. Hamyurtimizning xujumkorligi holatida kechgan bahsning 63-yurishiga kelib tomonlar murosa yo‘lini tanlashdi. Bu esa har ikki shaxmatchiga 0,5 ochkoli bo‘lish imkonini berdi.

Ushbu turda xitoylik Venszyun Szyu Fransiya sharafini himoya qilayotgan Alireza Firuzjani hamda hindistonlik Gukesh FIDE bayrog‘i ostida harakatlanayotgan Yan Nepomnyashiyni mag‘lub etgan bo‘lsa, qolgan barcha uchrashuvlarda shaxmatchilar 0,5 ochkodan bo‘lishib olishdi.

Bugun, 19 yanvar kuni o‘tadigan 6-tur o‘yinida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov Din Lijen bilan kuch sinashadi.

Turnir jadvalida 4 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan niderlandiyalik Anish Giri “Tata Steel Chess-2024”da hozircha 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinnni egallab turgan eronlik Parxam Magsudlu bilan kuch sinashdi. Qolgan uchsrashuvlarda Nepomnyashiy – Praggnanandxa, Firuzdja-Vey, Yorden van Forest- Gukesh, Maks Varmerdam – Donchenko, Venszyun Szyu-Santosh Gudjrat bahs olib borishadi.

Boshlanajak 6-tur o‘yinlari oldidan Giri peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinda borayotgan Praggnanandxa, Abdusattorov, Vey va Alireza Firuzja 3 ochko bilan keyingi o‘rindan joy olishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Tata Steel Chess-2024″ turniri 13-turdan iborat bo‘lib, 28 yanvarga qadar davom etadi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA