Sudlar va OAV o‘rtasida faol hamkorlik bo‘lishi lozim (+video)
316

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan birinchi instansiyada 2023 yilda jami 11 156 nafar shaxsga nisbatan 9 231 ta jinoyat ishi, 15 056 ta material, apellyatsiya instansiyasida 2 888 nafar shaxsga nisbatan 2 102 ta jinoyat ishi, 538 ta material ko‘rib tamomlangan.
Bu haqida 18 yanvar kuni Sudyalar oliy maktabi binosida o‘tkazilgan sud tizimidagi islohotlar, sudlarning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi, muammo va yechimlar yuzasidan o‘tkazilgan davra suhbatida ma’lum qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi (889-sonli 2023 y. 25-dekabrdagi) qonun bilan kiritilgan o‘zgartishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
M.Eshmirzayeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA