Serbiyada ayollar o‘rtasidagi Xalqaro boks turnirida terma jamoamiz a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Millatlar kubogining -48 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Saidaxon Rahmonova slovakiyalik Nikol Durikovani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Bugun vazni -50 kg bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida Feruza Kazakova – Marjona Savriyeva (Ozarbayjon), -60 kg vaznda esa Rayhona Qodirova – Klara Ribak (Serbiya) o‘rtasidagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA