Changli va zararli havodan qanday himoyalanish kerak?

Kun sayin atmosfera havosining yomonlashib borishi oqibatida, ko‘zga ko‘rinmas, ammo, inson salomatligi uchun salbiy ta’sir qiladigan zarrachalardan nafas olayapmiz. NIMA QILISH KERAK deysizmi?
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mita mayda RM-2.5 dispers zarrachalarining inson salomatligiga ta’siri va uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan tavsiyalarini ma’lum qildi.
➖Xona va inshoot ichidagi chang o‘tiradigan sirt yuzalarini tez-tez nam latta bilan artib turing, xavf yuqori paytda nam sochiqlar osib chiqing;
➖derazalarni yopiq holda saqlang, ayniqsa kechasi va tong muddatlarda oyna va eshiklarni zichlab yoping;
➖ ko‘proq suv iching;
➖ochiq havoda harakatlanishdan tiyiling;
➖ tez-tez dush qabul qiling, ayniqsa tashqaridan uyga kirishda;
➖og‘iz va burun bo‘shliqlarini tuzli eritma bilan yuving yoki chaying;
➖nafas olish tizimi kasalligi bor bemorlar tibbiy niqobdan foydalanishlari va uni har 2 soatda almashtirishlari zarur
➖ko‘zlaringizni yuvib turing.
Ushbu tavsiyalarga amal qiling, sog‘lig‘ingiz o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun juda muhim.
Nozimbek Mardonov, Iskandar Ismatov O‘zA