Tuman “Toshkent” aeroporti faoliyatini chekladi

374

Poytaxtni qoplagan quyuq tuman sababli ayrim samolyotlar “Toshkent” xalqaro aeroportiga qo‘na olmadi. Bir qator reyslar zahiradagi aerodromlar tomon yo‘naltirildi.

“Uzbekistan Airports” ma’lumotlariga ko‘ra,  “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining “Moskva-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiluvchi HY602 reysi poytaxtdagi aeroportga qo‘nishni amalga oshira olmadi. Havo kemasi ekipaji Samarqanddagi zahira aerodrom tomon uchib ketdi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 05:20da qo‘ndi. Shuningdek, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining “Moskva-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan HY9613 reysi yo‘lovchilaridan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli ekipaj a’zolari Urganchdagi zahira aerodromga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 06:42 da qo‘ndi.

Bundan tashqari,“Centrum Air”, “Rossiya”, “Panorama Airways” va “Jazeera Airways” aviakompaniyalarining samolyotlari ham zahira aerodromlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA