“SABA” axborot agentligi direktorlar kengashi raisi Nasreddin Amir bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bayonot bergan.

AQSH va Britaniya harbiy samolyotlari Sada, Zimmar, Hodeyda, Taiz va Bayda shaharlariga hujum qildi.

Hujumlar haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Avvalroq ular Aden ko‘rfazida AQSHning “Jinko Pikardi” kemasiga dengiz raketalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba bergani haqida xabar bergan edi.

AQSH ma’muriyati Yamanda xusiylar nomi bilan tanilgan Ansorulloh harakatini Qizil dengizdagi hujumlari tufayli “xorijiy terror tashkiloti” sifatida qayta belgiladi.

Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sullivan xusiylarning terror tashkiloti sifatida belgilanishi haqida yozma bayonot berib, Qizil dengizda dengiz tashishni to‘xtatgan hujumlar AQSH xodimlarini xavf ostiga qo‘yganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH ma’muriyati va xalqaro hamjamiyat bu hujumlarga birgalikda javob qaytargan.

O‘zA