Endilikda eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgarishi belgilandi.

​Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Jahon savdo tashkiloti talablari asosida Eksport agentligi Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sifatida qayta tashkil etiladi.

Yangi tizimga muvofiq, Investitsiya vazirligi chet eldagi qaysi bozorda qanday mahsulotlar xaridorgir ekanini aniqlaydi. Ularga kirish uchun hukumatlararo kelishuvlarga erishadi.

Savdo-sanoat palatasi esa tadbirkorlarga  yangi bozorlar talablariga moslashishga ko‘maklashadi.

Kompaniya beradigan subsidiya, kredit va yordamlar yangi tadbirkorlik reytingi asosida, eng avvalo, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot bilan yangi bozorlarga chiqayotgan eksportchilarga ajratiladi.

1 martdan ushbu tizimni joriy qilish topshirildi.

O‘zA