Yengil atletika sport turi bo‘yicha xalqaro sport tashkilotlari soni yana bittaga ko‘payishi kutilmoqda.
Bugungi kunda Turkiya Respublikasi tashabbusi bilan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida “Turkiy davlatlar yengil atletika assotsiatsiyasi”ni ta’sis etish borasida ishlar olib borilmoqda.
Mazkur harakatlar samarali yakunlansa, yengil atletika sport turi bo‘yicha yana bitta xalqaro sport tashkiloti – “Turkiy davlatlar yengil atletika assotsiatsiyasi” o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu esa yengil atletika bo‘yicha musobaqalar, chempionatlar soni ortishini, yoshlarning ushbu sport turi bilan shug‘ullanish qamrovi yanada kengayishini anglatmoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA