Xabaringiz bor, Doha shahrida o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogida ikkinchi tur uchrashuvlariga start berildi. “A” guruhidan o‘rin olgan Livan va Xitoy terma jamoalari bahsida hisob ochilmadi. Tojikiston hamda Qatar uchrashuvi esa 0:1 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa, Osiyo kubogida Qatar terma jamoasi ochkolarini 6 taga yetkazib navbatdagi bosqichga chiqdi. Xitoy termasi 2 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Tojikiston va Livan esa bittadan ochko bilan 3-4-pog‘onadan joy oldi.

Bugun, 18 yanvar kuni “B“ guruhida ikkinchi tur bahslari o‘tkaziladi. Ushbu turdan o‘rin olgan Avstraliya hamda Suriya terma jamoalari bahsi soat 16:30 da boshlanadi. O‘zbekiston va Hindiston termalari o‘rtasidagi uchrashuvga esa soat 19:30 da start beriladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA