Metroda yong‘in chiqqaniga izoh berildi

283

Ijtimoiy tarmoqlarda «Kosmonavtlar» bekatida yong‘in chiqdi mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda. «Toshkent metropoliteni» DUK bunga rasmiy izoh berdi.

«Toshkent metropoliteni» DUK ma’lum qilganidek, joriy yilning 17 yanvar sanasi soat 19:30 lar atrofida «Kosmonavtlar» metro bekatiga kirib kelgan 40-sonli harakat tarkibinining vagon elektr qismida texnik nosozlik holati kuzatilgan. Shu bois, yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar bekatga tushirilgan hamda mashinist tomonidan belgilangan yo‘riqnomaga asosan, tezkor chora-tadbirlar ko‘rilib, nosozlik bartaraf etilgan. Bu holat yo‘nalishdagi harakat jadvaliga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.

«Toshkent metropoliteni» DUK keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

M.Komilova, O‘zA