Fransiyada o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi e’lon qilgan yangilikka ko‘ra, anjuman mash’alasi bilan bog‘liq tantanali marosimlarda jami 11 ming nafardan iborat ijrochilar ishtirok etadi.
Olimpiya mash’alasi estafetasi va tantanali alanga oldirish tadbiri rasmiy homiylari “Coca-Cola”, “Banque Populaire” va “Caisse d’Epargne” kompaniyalari. Dasturga binoan, yurish marshi o‘yinlarga uch oydan ko‘proq muddat qolganda, ya’ni 8 mayda boshlanadi.
Olimpiya va Paralimpiya mash’alasi uch ustunli “Belen” kemasida Marselga olib kelinadi, so‘ng Fransiya bo‘ylab sayohat tashkil etiladi.
“Parij-2024” mash’alasi 26 iyulga qadar Fransiya va chegaradosh mamlakatlarning 50 dan ziyod shahri va aholi manzilidan olib o‘tiladi.
Sport, jamoat va mintaqaviy energiya tamoyilini mujassam etadigan, Olimpiya haroratini insonlar qalbiga jo etishga xizmat qilishga qaratilgan mash’ala tadbiri ko‘pchilikning yodida qolishi shubhasiz, deyiladi Fransiya OAV tarqatgan xabarda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA