O‘simliklar karantini va himoyasi sohasini tartibga soluvchi Hukumat qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi

386

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘simliklar karantini va himoyasi sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari tizimlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, ma’muriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilganligi munosabati bilan uning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari o‘zaro muvofiqlashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 30 apreldagi PF-6218-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 10 iyundagi PF-90-son Farmonlariga muvofiq, shuningdek, o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida xizmatlar ko‘rsatishni yanada takomillashtirish hamda aholiga xavfsiz va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazish maqsadida o‘simliklar karantini davlat inspektorlarining formali kiyim-boshlari namunalari va farqlash belgilari tartibga solinadi.

Ushbu qaror bilan Vazirlar Mahkamasining “O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati inspektorlarining formali kiyim-boshlari namunalarini va farqlash belgilarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018 yil 28 iyundagi 489-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2021 yil 15 dekabrdagi 752-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

Mazkur qaror o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida xizmatlar ko‘rsatishni yanada takomillashtirish hamda aholiga xavfsiz va sifatli qishloqxo‘jaligi mahsulotlarini yetkazish imkonini beradi.

O‘zA