Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Iroqning Kurdiston mintaqasidagi Isroilning josuslik shtab-kvartirasi deb da’vo qilgan hududga va Suriya shimolidagi ISHID bilan bog‘liq deb taxmin qilingan nuqtalarga ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Al-Jazeera” telekanali xabar bermoqda.
Seshanba kuni Erbil shahrida sakkizta portlash ovozi eshitilgan. Mintaqaviy xavfsizlik kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisada 4 kishi halok bo‘lgan va 6 kishi yaralangan.
Ballistik raketalar mintaqadagi Eronga qarshi terrorchi guruhlarning josuslik markazlarini yo‘q qilishga qaratilgan. Iroq hukumati Eronning Erbilga nisbatan tajovuzini qoralab, bu mamlakat suvereniteti va xalqining xavfsizligini poymol qilish, deb atadi.
Mazkur hujumlar Isroilning G‘azo sektorida davom etayotgan harbiy mojarolarning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin degan taxminlarni yuzaga keltirmoqda.