Poytaxtimizda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan faxriylar o‘rtasida bilyard bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Bilyard sporti federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi. 30 nafarga yaqin harbiy tuzilmalarda faoliyat olib borgan faxriylar o‘rtasida o‘tkazilgan turnir qiziqarli kechdi.

Bilyardning “Rus piramidasi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan turnirda 1-o‘rin Safoiddin Sadirovga nasib etdi. 2-o‘rinni Hasan Xolmirzayev egalladi. 3-o‘ringa Orif To‘laganov va Otabek Solihovlar sazovor bo‘ldi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA