Qatarning Doha shahrida futbol bo‘yicha XVIII Osiyo kubogi bahslari davom etmoqda. Kuni kecha guruh bosqichining 1-turi doirasida “D” guruhida Yaponiya – Vetnam, “C” guruhida BAA – Gonkong, Eron – Falastin terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Ushbu bahslarda BAA terma jamoasi Gongkong ustidan 3:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Eron va Falastin bahsi 4:1, Yaponiya hamda Vetnam uchrashuvi 4:2 hisobida yakunlandi.
Qayd etilgan, mazkur uchrashuvlardan so‘ng “C” guruhida Eron va BAA terma jamoalari 3 ochko jamg‘argan holda birinchi hamda ikkinchi o‘rinlarni qayd etdi. Gongkong va Falastin esa 3-4 pog‘onalardan joy oldi. “D” guruhida esa Yaponiya hozirda bitta g‘alaba bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Ushbu guruhdagi aniq holat Indoneziya – Iroq terma jamoalari uchrashuvidan so‘ng oydinlashadi.
Bugun, 15 yanvar kuni Osiyo kubogining “D” va “E” guruhlarida 1-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Unda Janubiy Koreya – Bahrayn, Indoneziya – Iroq, Malayziya – Iordaniya termalari o‘zaro raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA