Dunyoga tinchlik kerak
Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabining ma’lum qilishicha, yakshanba kuni 86 ta hujum bo‘lib, frontda shiddatli janglar davom etgan. Bu haqda “AlJazeera” telekanali ma’lum qildi.
Vashingtonda joylashgan urushni o‘rganish instituti tahliliy markazining aytishicha, Rossiya kuchlari ob-havo sharoitidan qat’iy nazar tashabbusni qo‘lga olish uchun Ukraina sharqida hujum operatsiyalarini davom ettiraveradi.
Ukraina prezidenti apparati rahbari Andrey Yermak Rossiya bilan urushni tugatish uchun Xitoy muzokaralarda ishtirok etishi kerakligini aytadi. Oxirgi muzokaralarda 83 ta davlatdan milliy xavfsizlik maslahatchilari ishtirok etgan edi.
Shuningdek, Fransiya va Germaniya tashqi ishlar vazirlari Ukrainani oxirigacha qo‘llab-quvvatlashini aytib keladi.
Rim papasi Fransisk Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolardan qayg‘urib, urush insoniyatga qarshi jinoyat ekanini aytdi.
“Buni unutmaylik… Odamlarga tinchlik kerak, dunyoga tinchlik kerak”, deb qo‘shimcha qilgan papa.
S.Poyonov, O‘zA