Havoga otilgan raketalar aholi istiqomat qiladigan uylarga kelib tushgan. Natijada 10 kishi halok bo‘lgan. O‘lganlar orasida jajji qizaloq ham bor. Uning qarindoshi Bassem Arafeh qizaloqning suratini ko‘rsatib “Xalqaro jinoiy sud qachon begunoh bolalarning o‘limini ko‘radi?”, – deydi.
Isroilning G‘azodagi falastinliklarga qarshi urushida 24 mingdan ortiq falastinliklar halok bo‘lgan va 60 mingdan ortiq kishi yaralangan. Bu urushning boshlanganiga yuz kundan oshdi, ammo Isroil tomonidan qamal ostidagi G‘azoni bombardimon qilishning oxiri ko‘rinmayapti.