FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yish marosimi tashkil etildi.

Marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi vakillari, huquq- tartibot organlari mehnat jamoalari, oliy ta’lim muassasalari talabalari va mehnat faxriylari ishtirok etdi.

Tadbirda  mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, milliy armiyamiz salohiyati, harbiylar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor xususida so‘z yuritildi. Ota-bobolarimizdan bizga meros ona Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, yurtimiz tinchligini ta’minlash har birimiz uchun muqaddas burch ekanligi ta’kidlandi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev qatnashdi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA