Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, joriy yilning 13 yanvar kuni soat 09:39 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Sarakul ko‘chasida joylashgan kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi, oqibatda bir necha kishi jabrlangan.

FVV xabariga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yong‘in qariyb ellik daqiqa ichida o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida kafe binosining taxminan 150-200 kv.m maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘indan 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Sh.Mamaturopova,

O‘zA