Yangi film namoyishi

376

Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Samuray” nomli filmning premerasi o‘tkazildi.

Ushbu filmning ilk namoyishiga Ichki ishlar,  Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiyada xizmat qilayotgan Vatanimiz posbonlari, askarlar va soha xodimlari taklif etildi.

Kinokartina mamlakatimiz yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashda, fuqarolarning hayoti va sog‘ligini saqlashda jonbozlik ko‘rsatayotgan yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining faoliyati haqida hikoya qiladi.

Filmda asosiy rollarni Bobur Aytbagambetov, Sherxon Nurushev, Iroda Qosimova, Saida Valixo‘jayeva ijro etgan.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor – Sanjar Sultonov. Badiiy filmni postanovkachi operator Sadriddin Shahobiddinov tasvirga olgan. Kartina badiiy rahbari – Akrom Shohnazarov.

 

N.Usmonova,  

O‘zA