Sud ekspertlari xorijiy mamlakatlarda malaka oshiradi

264

Prezidentimizning 2021 yil 5 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Adliya vazirligi huzurida Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan.

Mazkur jamg‘arma boshqaruv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘laridan maqsadli foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama davomida kengash a’zolari tomonidan jamg‘armaning 2024 yil uchun ajratiladigan mablag‘lar smetasi tasdiqlandi.

Tasdiqlangan smetaga asosan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar moliyalashtiriladi.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga subsidiyalar ajratish, sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning  malakasini oshirish maqsadida 10 nafar sud ekspertini xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi ta’minlanadi.

Sud-ekspertiza sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, sud ekspertizasining yangi turlari va tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan grantlar ajratiladi.

Respublika sud ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini zamonaviy uskuna va jihozlar bilan ta’minlash xarajatlari uchun mablag‘lar ajratiladi.

Tadbir yakunida jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

N.Abduraimova, O‘zA