Qatarda tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan “M15” turnirida hamyurtimiz Humoyun Sultonov bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov  yakkalik bahslarining chorak finalida britaniyalik Ali Habibni, yarim finalda ukrainalik Vyacheslav Belinskini yengib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Kuni kecha musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bahsida esa Yanki Erelni 7:6, 6:4 hisobda mag‘lubiyatga uchratib, yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA