«Samarkand Tourism Forum» forumi sayyohlik sohasini rivojlantirish, hamkorlik qilish va yangi yechimlar topishga qaratilgan.

STF’24 forumida sayyohlik operatorlari, sayyohlik agentlari va sohaning turli  korxonalari vakillari bir joyga to‘planadi. Tashkilotchilarning fikricha, tadbir sayyohlik operatorlari, gidlar, restoran va mehmonxona egalari, turizm biznesi va davlat sektori vakillari uchun foydali bo‘lishi kerak.

Forum joriy yilning 9-10 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA