Janubiy Koreya poytaxtidagi metroda o‘rindiqsiz vagonli poyezdlar paydo bo‘lishi kutilmoqda, deyiladi “Yonhap” axborot agentligi xabarida.
Seul metropoliteni ma’lumotiga ko‘ra, chorshanba kunidan boshlab ertalab va kechqurun “tig‘iz” soatlarda metropolitenning 4-liniyasidagi poyezdlarning har birida bittadan vagon o‘rindiqsiz harakatlanmoqda.
Shahar metrosi operatorining aytishicha, baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun o‘rindiqsiz vagonlarga qo‘shimcha tayanch va tutqichlar o‘rnatilgan.
O‘tgan yil uchinchi chorakda ertalab va kechqurun “tig‘iz” soatlarda 4-liniyasidagi metro vagonlarida bandlik 193,4 foizni tashkil etdi, bu odatdagidan deyarli ikki baravar ko‘p. Shuningdek, boshqa metro yo‘nalishlarida ham o‘rindiqsiz vagonlarni joriy etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA