Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Unda Abdurahmon Abdullayev mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. Chavandozimiz balandligi 140 sm bo‘lgan to‘siqlardan o‘tishda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Abdurahmon bahslarning birinchi raundida jarima ballarisiz belgilangan masofani 58 soniyada bosib o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi raundni 28 soniyada yakunladi.
Abdurahmon Abdullayev ushbu musobaqada “OTTO VAN DE ACHERHOEK” laqabli tulporida ishtirok etdi. U musobaqa davomida Mishel Pander va Simon Koata kabi mahoratli chavandozlarni ortda qoldirdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA