Aralash jang san’atlari bo‘yicha Fight Baza klubi bosh murabbiyi, o‘zbekistonlik Dmitriy Xudyakov Qozog‘istonning Octagon ligasi tomonidan 2023 yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi.

Bu haqda xabar tarqatgan “Octagonleague” ning xabariga ko‘ra, liganing ortda qolgan yildagi eng yaxshi murabbiyi  deb topilgan Dmitriy Xudyakovning shogirdlari 2023 yil davomida turli musobaqalarda g‘oliblikka erishgan.

Jumladan, uning to‘rt nafar shogirdi Muhammadjon Qurbonov, Doston Bozorov, Islom Boltayev, Anvar Abdullayev Octagon ligasining o‘tgan yilgi musobaqalarida turli vazn toifalarida g‘oliblikka erishdi.

Aytish lozim, Doston Bozorov va Islom Boltayev o‘z vazn toifalarida Interim, ya’ni vaqtinchalik chempionlik kamari sohiblari sanalishadi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA