Mamlakatimiz so‘nggi yillarda yirik sport tadbirlarini o‘tkazish borasida katta tajriba va yuqori salohiyatga ega ekanini dunyo e’tirof etayotgani barchaga ma’lum. Xalqaro tennis federatsiyasi joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bir qator tennis turnirlarini yurtimizda o‘tkazishga qaror qildi va O‘zbekiston tennis federatsiyasiga ushbu vazifani topshirdi.

Unga ko‘ra, mamlakatimizda 2024 yil davomida “ITF” turnirlari o‘tkaziladigan bo‘ldi. Jumladan, 3-4 fevral kunlari tennis bo‘yicha jahon chempionati deya nom olgan “Devis kubogi” bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston – Polsha terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan turnirlarni 25 mart kunidan 1 aprel kuniga qadar Namanganga o‘tadigan “ITF J 30” musobaqasi boshlab beradi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA