Yana ikki kundan so‘ng Qatarning Doha shahrida futbol bo‘yicha Osiyo chempionati boshlanadi. Dunyoning jahonga mashhur “Opta” portali superkompyuterdan foydalangan holda qit’a kubogidagi terma jamoalarning chempionlik imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.

Buning natijasida musobaqa g‘olibi bo‘lish borasida Yaponiya termasining imkoniyatlari 24,6 foiz deya baholandi. Undan keyingi o‘rinlarni Janubiy Koreya 14,3 Eron terma jamoasi esa  11,2 foiz bilan egalladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining chempionlikka 2,5 foiz imkoniyati bor deya e’tirof etildi.

Albatta bu, texnologiya. Uning qarori raqamlar orqali bo‘ladi. Umid qilamizki, futbolchilarimiz o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etgan holda musobaqada g‘olib chiqadilar. Axir futbolda “maydon tekis, to‘p esa dumaloq” degan oltin qoida bejizga aytilmagan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA