Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Avstraliya ochiq chempionatining saralash bahslari birinchi bosqichini g‘alaba bilan boshladi.

“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi ushbu turnirda Nigina ilk bahsda braziliyalik Laura Pigossiga qarshi kortga chiqdi va raqibini 7:5, 5:7, 0:6 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi N.Abduraimova ikkinchi davrada chexiyalik Dominika Salkovaga qarshi bahs olib boradi. Taqqoslash uchun, Nigina hozirda dunyo reytingida 212, Dominika esa 218-o‘rinni egallab turibdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA