Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 34 yoshli Gabriel Attalni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi, deya xabar bermoqda Yelisey saroyi.
Sobiq ta’lim vaziri Attal Fransiyadagi eng yosh hukumat rahbari bo‘ldi.
Bosh vazir sifatida u bir kun oldin iste’foga chiqqan Elizabet Bornning o‘rnini egalladi. Davlat rahbari allaqachon Attalga hukumatni shakllantirishni topshirgan.
Attal o‘tgan yili Papa Ndiaye o‘rniga ta’lim vaziri etib tayinlangan va u hukumatning eng yosh a’zosiga aylandi.
Ta’lim vaziri sifatida Attal davlat maktablarida abaya (uzun ko‘ylak) kiyishni taqiqladi, bu esa ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.
O‘zA