Seshanba kuni G‘azo sektoriga 182 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami kirib keldi, deya xabar berdi Isroil hukumati.
Avvalroq BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) 1 yanvardan boshlab G‘azoga rejalashtirilgan 20 ta gumanitar karvondan faqat uchtasi amalga oshirilgani, 15 ta ariza rad etilgani, ikkitasi ma’muriy muammolar tufayli bekor qilinishi kerakligi haqida xabar bergan edi.
“9 yanvar kuni182 ta yuk mashinasi ko‘rikdan o‘tkazilib, G‘azo sektoriga yetkazildi. 80 ta yuk mashinasi Nitzanda ko‘zdan kechirildi, 102 ta yuk mashinasi esa “Kerem Shalom” nazorat-o‘tkazish punkti orqali ko‘rikdan o‘tkazilib, olib o‘tildi”, — deyiladi xabarda.
Nozimbek Mardonov, O‘zA