“YeI mamlakatlari 2024 yil uchun byudjet qabul qilayotganda xuddi Germaniya kabi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini oshirishi kerak”, deb bayonot berdi kansler Olaf Shols Lyuksemburg bosh vaziri Lyuk Friden bilan birga o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida.
“Nemislar ajratayotgan yordam qanchalik muhim bo‘lmasin, Ukrainaning xavfsizligini uzoq vaqt ta’minlab turish uchun yetarli bo‘lmaydi. Men YeI bo‘yicha ittifoqchilarni Ukraina foydasi uchun ko‘proq sa’y-harakat qilishga chaqiraman”, – dedi u.
Sholsning eslatishicha, GFRning joriy byudjet loyihasida Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash uchun 8 milliard yevro ajratilgan.
“YeIga a’zo mamlakatlarining aksariyati Ukraina uchun qurol yetkazib berish bo‘yicha rejalashtirgan yordam miqdori juda oz”, – deya ta’kidlagan u.